Sadir Japarovning Toshkentga tashrifi doirasida 16 ta hujjat imzolandi. O‘zbekistonning JSTga a’zoligi bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash to‘g‘risida bayonnoma, Issiqko‘ldagi kurort-hordiq xo‘jaligi obyektlari bo‘yicha hukumatlararo bitim shular jumlasidan.
Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, kasalliklar va bioxavfsizlik ustidan nazorat bo‘yicha mintaqaviy markazlar tarmog‘ini hamda BMT shafeligida Transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish mintaqaviy markazini tashkil etishga kelishib oldilar. Davlatlar iqlim o‘zgarishlari oqibatlarini yumshatish, muzliklarni saqlab qolish, o‘rmonlar maydonlarini kengaytirish va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirishda birgalikda ishlashni davom ettiradi.
Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Afg‘onistondagi mojaro ishtirokchilarini ShHTga a’zo davlatlar bilan chegaradosh tumanlarda beqarorlik va kutilmagan oqibatlarga olib keluvchi kuch va harakatlarni qo‘llashdan tiyilishga chaqirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting